TISH OʻGʻRIGʻI

Tish ogʻrigʻi eng yoqimsiz va chidash qiyin hisoblangan dardlardan biri hisoblanadi. Bu ogʻriq mutlaqo nomaqbul joyda va nomaqbul vaqtda xuruj qilib qolishi mumkin. Ogʻiz boʻshligʻidagi ogʻriqli sanchiqlar patologik jarayon kechayotganligidan darak beradi.1

Tish ogʻrigʻi sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:2

  • Chuqur karies
  • Tish abstsessi
  • Darz ketgan yoki shikastlangan tish mavjudligi
  • Zichlab yotqizilmagan yoki siniq plomba mavjudligi
  • Infektsiya

 

Birinchi navbatda nima qilish zarur?

Quyidagi holatlarda stomatologga murojaat qilig:2

  • Tishda qattiq ogʻriq paydo boʻlganda
  • Tish ogʻrigʻi tana haroratining koʻtarilishi, milklarning qizarishi, ogʻizda noxush taʻm paydo boʻlishi, yonoqlarning yoki jagʻning shishishi bilan kechayotgan boʻlsa

Stomatolog huzuriga borguncha bosh vazifa – ahvolni yaxshilash va noxushlikni kamaytirish.

 

Tish ogʻrigʻini qanday yengillatish mumkin?2

Namakob bilan chayish
Yumshoq taomlar isteʻmol qilish. Ogʻrigan tish bilan chaynamaslik
Shirin, juda issiq va juda sovuq ozuqalar isteʻmol qilmang
Chekmang — bu muammoni kuchaytirib yuborishi mumkin

Qanday preparatlardan foydalanish mumkin?

Stomatolog huzuriga tashrif buyurishdan oldin birinchi navbatda tish ogʻrigʻiga davo boʻladigan dori qabul qilib, ogʻriqni kamaytirishga harakat qilish zarur. Tish ogʻrigʻini bartaraf etish uchun koʻpincha nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV), masalan ibuprofen qoʻllaniladi.1,2

Ibuprofen BRUFEN® RAPID preparatining taʻsir koʻrsatuvchi moddasi boʻlib, ogʻriq qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega, bu esa malakali yordam olgunga qadar tish ogʻrigʻini samarali kamaytirish imkonini yaratadi. 3

Yumshoq kapsulalar shaklida ishlab chiqarilgani sababli BRUFEN® RAPID oʻqʻriq qoldiruvchi taʻsiri 15-chi daqiqadan boshlanadi. BRUFEN® RAPID qabul qilinganidan keyin 8 soat davomida qonda aniqlanadi va oʻgʻriq qoldiruvchi taʻsir koʻrsatadi. 3,4

BRUFEN® RAPID tish ogʻrigʻi intensivligini pasaytiradi.

 

UZN2257611
Manbalar:
  1. Renton T. Dental (Odontogenic) Pain. Rev Pain. 2011 Mar; 5(1): 2–7.
  2. Toothache – NHS (www.nhs.uk) https://www.nhs.uk/conditions/toothache/ Last access 19.04.2021
  3. BRUFEN® RAPID 400mg va 200mg yumshoq kapsulalar preparatni tibbiy qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma DV/X 07844/05/20, 2025-yil 18-maygacha amal qiladi.
  4. Review of the analgesic efficacy of ibuprofen – PubMed (nih.gov) https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/12723741/ Last access 19.04.2021
  5. Schachtel, B. P., Cleves, G. S., Konerman, J. P., Brown, A. T., & Markham, A. O. (1994). A placebo-controlled model to assay the onset of action of nonprescription-strength analgesic drugs. Clinical Pharmacology and Therapeutics, 55(4), 464–470. doi:10.1038/clpt.1994.