BRUFEN® – bu ibuprofen, “Abbott” kompaniyasi mahsuloti. U ogʻriqni qoldirish, yalligʻlanishni toʻxtatish va isitmani tushurish uchun qoʻllaniladi. Ilk marta Brufen® 1969-yilda Buyuk Britaniya dorixonalarida paydo boʻldi va tez orada dunyoning eng mashhur ogʻriq qoldiruvchi vositalaridan biriga aylandi3. Bugungi kunga kelib, Brufen® savdo hajmi boʻyicha dunyoning 1-raqamli ibuprofeni7. Birgina 2021-yilda, umumiy 87 mamlakatda 3,8 million donadan ortiq Brufen® sotilgan8.

Sizni nima bezovta qilmoqda?

Tishlar yorib chiqish davridagi ogʻriq
Bolalarda isitma
Bolalarda turli hil ogʻriqlar
Bosh ogʻrigʻi
Kattalarda tish ogʻrigʻi
Kattalarda yuqori isitma
Migren
Dismenoreya

Siz BRUFEN® dori vositasidan foydalanishingiz mumkin:

BRUFEN®<br>SIROP BRUFEN®
SIROP
100 мг/5 мл1
BRUFEN®<br>RAPID BRUFEN®
RAPID
капсулы по 200мг и 400мг 2

BRUFEN® qanday ishlaydi?

Toʻqimalar mexanik yoki yuqumli shikastlanishi natijasida organizmda yalligʻlanish jarayoni boshlanadi. Qonga koʻp miqdorda araxidon kislotasi tusha boshlaydi. U siklooksigenaza fermenti SOG-1 va 2(COX-1 va 2) bilan oʻzaro taʻsirlashganda, yalligʻlanish vositachilari – prostaglandinlar shakllana boshlaydi. Aynan ular ogʻriq va isitma paydo boʻlishi uchun javobgardir.

BRUFEN® tarkibidagi ibuprofenning roli yuqoridagi jarayonni “oʻchirish” va prostaglandinlarning shakllanishiga yoʻl qoʻymaslikdir4.

1
Tana hujayralarining holati normada.
2
Yalligʻlanish vaqtida araxidon kislotasi ajralib chiqadi.
3
Araxidon kislotasi SOG-1(COX-1) va SOG-2(COX-2) fermentlarig oʻzaro taʻsir qiladi.
4
Natijada prostaglandinlar hosil boʻladi.
5
Aynan prostaglandinlar ogʻriq va isitma hosil boʻlishiga sabab boʻladi.
6
Ibuprofen SOG-1(COX-1) va SOG-2(COX-2) fermentlarini bloklaydi.
7
Araxidon kislotasi SOG-1(COX-1) va SOG-2(COX-2) fermentlari bilan kamroq darajada oʻzaro taʻsirga kirishadi.
8
Prostaglandinlar miqdori kamayadi, ogʻriq yoʻqolishi va harorat tushushiga olib keladi.
A - Araxidon kislotasi
П - Prostaglandinlar
I - Ibuprofen

BRUFEN® taʻsiri qanchalik tez seziladi va u qancha davom etadi?

Koʻp jihatdan bu organizmning individual xususiyatlariga bogʻliq. BRUFEN® Sirop och qoringa qabul qilingandan 45 minut oʻtgach va ovqatdan keyin qabul qilinganda 1,5-3 soat ichida qonda maksimal kontsentratsiyani  taʻminlaydi, shundan soʻng konsentratsiya 2 baravar kamayadi1. BRUFEN® RAPID yumshoq kapsulalar koʻrinishida analgetik taʻsiri 15-chi daqiqadan boshlanadi6. BRUFEN® RAPID qabul qilinganidan keyin 8 soatgacha qonda boʻladi2 va ogʻriq qoldiruvchi faollik kamida 6 soat davom etadi5.

BRUFEN® xavfsizligi

Ibuprofen tibbiy amaliyotda 1969-yildan beri qoʻllanilmoqda va tarixda birinchilardan boʻlib yalligʻlanishga qarshi nosteroid dori vositalari orasida OTC maqomini olgan3.

UZN2257291-2
Manbalar:

*turli ogʻriqlarʻʻ – yoʻriqnomalarda koʻrsatilgan ogʻriq turlari nazarda tutilyapti1-2.

**1985 yilga kelib, dunyoning 120 ta davlatida 100 milliondan ortiq odamlar bu preparatni qoʻllagan3

  1. BRUFEN® siropi, 100 mg/5 ml, 100 ml flakonda preparatni tibbiy qo’llash boʻyicha yoʻriqnoma. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma DV / X 09684/03/22, amal qilish muddati 03.04.2027 yil.
  2. BRUFEN® RAPID 400mg va 200mg yumshoq kapsulalar preparatni tibbiy qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma DV/X 07844/05/20, 2025-yil 18-maygacha amal qiladi.
  3. Ibuprofenning qisqacha tarixi https://pharmaceutical-journal.com/article/infographics/a-brief-history-of-ibuprofen Oxirgi kirish 30.03.21.
  4. R. Bushra, N. Aslam. Ibuprofenning klinik farmakologiyasida umumiy nuqtai. Ummon tibbiyot jurnali, 25-jild, 3-son, 2010-yil, iyul.
  5. Ibuprofenning analgetik samaradorligini koʻrib chiqish – PubMed (nih.gov).
  6. Schachtel, B. P., Cleves, G. S., Konerman, J. P., Braun, A. T., & Markham, A. O. (1994). Retseptsiz kuchli analgetiklar taʻsirining boshlanishini tahlil qilish uchun platsebo-nazoratli model. Klinik farmakologiya va terapevtika, 55 (4), 464-470. doi: 10.1038/clpt.1994.56
  7. IQVIA MIDAS maʻlumotlari, 2022 yil 1-chorak.
  8. IQVIA MIDAS maʻlumotlari, 2021 yil 4-chorak.