• Tishlar yorib chiqish davridagi ogʻriq
    Tishlar yorib chiqish davridagi ogʻriq
  • Bolalarda isitma
    Bolalarda isitma
  • Bolalarda turli hil ogʻriqlar
    Bolalarda turli hil ogʻriqlar

Preparat sirop shaklida ishlab chiqariladi. U 100 mg / 5 ml dozada ibuprofenni oʻz ichiga oladi.

Ibuprofen – steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi dori vositasi. U yallig’lanish, og’riq va isitma alomatlarini kamaytirishga yordam beradi.

Qoʻllash mumkin boʻlgan holatlar

Bolalarda isitma va ogʻriqni qisqa muddatli davolash.

Dozalar

Oʻsmirlar uchun ibuprofenning maksimal bir martalik dozasi 400 mg dan oshmasligi kerak. Dozalar orasidagi interval kamida 4 soat boʻlishi kerak. Oʻsmirlar uchun kundlik doza 24 soat ichida 1200mg ibuprofendan oshmasligi kerak. Oʻsmirlar (12 yoshdan boshlab) 200-400 mg (10-20 ml) preparatni kuniga bir marta yoki 3-4 marta qabul qilishlari mumkin.

Bolalar uchun sutkalik doza kuniga 20 mg / kg ni tashkil qiladi, uni 3-4 martaga boʻlish kerak. Preparatning kunlik dozasini toʻgʻri hisoblash uchun 1 ml sirop bolaning 1 kg tana vazniga toʻgʻri keladi, bu 20 mg ibuprofenga teng. Bir martalik dozani hisoblash uchun kunlik dozani 3-4 dozaga boʻlish kerak. BRUFEN® siropi uch oygacha boʻlgan bolalarga yoki vazni 5 kg dan kam boʻlgan bolalarga berilmasligi kerak.

 

Siropni maxsus shprits-dozator yordamida oʻlchab qoʻllash mumkin, u preparat bilan birga qadoqga joylangan.

 

Tana vazni, kg Qoʻllash soni Bir martalik doza Maksimal sutkalik doza
~ 5-7 kg (3-6 oy) Kuniga 2-3 marta 2,5 ml (50 mg) 150 mg
~ 7-10 kg (6-12 oy) Kuniga 3 marta 2,5 ml (50 mg) 150 mg
~10-14,5 kg (1-2 yosh) Kuniga 3-4 marta 2,5 ml (50 mg) 200 mg
~ 14,5-25 kg (3-7 yosh) Kuniga 3-4 marta 5 ml (100 mg) 400 mg
8-12 yosh (~ 25-40 kg) Kuniga 3-4 marta 10 ml (200 mg) 800 mg

 

UZN2257291-2
Manbalar
  1. BRUFEN® sirop, 100 mg/5 ml, flakonda 100 ml preparatini tibbiy qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma DV / X 09684/03/22, amal qilish muddati 03.04.2027 yil.