Osteoartrit

Osteoartrit nima?

Osteoartrit (OA) — boʻgʻimlarning yemirilishi va yalligʻlanishi bilan tavsiflanadigan boʻgʻim kasalligi hisoblanadi. Tayanch-harakat apparati kasalliklarining eng koʻp tarqalgan shakli boʻlib, OA koʻpincha shunday kasallik bilan ogʻrigan keksa yoshli bemorlarning nogironligini keltirib chiqaruvchi sabablardan biridir. Osteoartritga chalinganda koʻpincha son, tizza va panja boʻgʻimlari shikastlanadi.1,2

Jahon boʻyicha 60 yoshdan katta 10% erkaklar va 18% ayollar osteoartrit bilan kasallanadi. Ularning 80% harakatlarning cheklanganligiga, 25% esa kundalik faoliyat bilan shugʻullana olmayotganligiga shikoyat qiladi.3

Osteoartrit sababi nima?

Osteoartrit boʻgʻim togʻaylarining, yaʻni suyak boʻgʻimlari oʻrtasidagi yumshoq toʻqimalarning shikastlanishi yoki yemirilishi natijasida kelib chiqadi.1

OA rivojlanishining qanday omillari mavjud?1

  • Jarohat yoki oʻta harakatchanlik. Boʻgʻimlardagi jarohatlar yoki takrorlanuvchi zoʻriqishlar uni shikastlashi va osteoartrit vujudga kelishi ehtimolini kuchaytirishi mumkin.
  • Yosh oʻtishi bilan OA rivojlanishi ehtimoli koʻpayib boradi.
  • Ayollarda, aniqsa 50 yoshdan keyin, OA vujudga kelishi ehtimoli erkaklardagiga nisbatan koʻproq.
  • Ortiqcha vazn boʻgʻimlarga tushadigan yuklanishni koʻpaytiradi, bu esa oʻz navbatida osteoartrit rivojlanishi xatarini kuchaytiradi.
  • Nasliy moyillik. OA bilan kassalangan oila aʻzolari boʻlgan kishilar ushbu kasallikka chalinish ehtimoli koʻproq.

Osteoartritning asosiy belgilari qanday va shifokorga qachon murojaat qilish zarur?

OA belgilari:1,2

  • Ogʻriq
  • Boʻgʻim deformatsiyasi
  • Harakatlanishning qiyinlashishi
  • Salqish
  • Boʻgʻinlar harakatlanganda shiqirlashi

Shikastlangan boʻgʻimda yalligʻlanish, aniqrogʻi, salqish, harorat koʻtarilishi va qizarish kabi alomatlar mavjud boʻlsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.4

Osteoartrit vujudga kelishining oldini olish mumkinmi?

OA rivojlanishi xatarini boʻgʻimlarni ortiqcha zoʻriqishlardan asrash va sogʻlom turmush tarziga rioya etish orqali kamaytirish mumkin.5

Mashqlar

Boʻgʻimlarga haddan tashqari yuklanish beradigan mashqlar bilan shugʻullanmang. Suzish va velosipedda yurish bilan shugʻullanib koʻring, bu mashqlar boʻgʻimlarga tushadigan zoʻriqishni pasaytirishga yordam beradi.5 Shuningdek, oʻzingizga mos darajada jismonan faol boʻlishingiz vaznni meʻyorda saqlab turishga yordam beradi.

Qomat

Qomatni toʻgʻri tuting va uzoq vaqt  bir xil holatda boʻlishdan saqlaning. Agar siz stolda ishlaydigan boʻlsangiz, oʻrindik balandligi toʻgʻri oʻrnatilganiga eʻtibor bering, va ish orasida muntazam tanaffus qilib, harakatlanib turing.5

Tana vaznini meʻyor darajasida ushlab turish

Ortiqcha vazn boʻgʻimlarga ortiqcha yuk tushiradi va osteoartrit rivojlanishi xatarini kuchaytiradi. Shu sababli vaznni meʻyor darajasida ushlab turish kasallik rivojlanish xatarini kamaytiradi. Bunga toʻgʻri ovqatlanish, shirinliklar va non-xamir mahsulotlarini isteʻmol qilishni cheklash, sabzavot va mevalarni koʻproq isteʻmol qilish yordam beradi.5

Osteoartrit bilan kasallanganda qanday qilib ogʻriq sindromini kamaytirish mumkin?

Ogʻriq sindromini yoʻqotish uchun odatda nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalardan (NYAQV) foydalaniladi.2

Ibuprofen – NYAQV orasida eng tanilgan vositalardan biri boʻlib, klinik amaliyotda, shu jumladan, tayanch-harakat apparatining yalligʻlanishi bilan kechadigan  degenerativ kasalliklarini, masalan boʻgʻimlardagi ogʻriqlarni davolashda 50 yildan ortiq vaqtdan beri qoʻllanib kelinmoqda.6

Brufen® preparati tarkibida ibuprofen mavjud, turli shakllarda va dozalarda taqdim etiladi, bu esa oʻzingiz uchun ogʻriqqa qarshi kurashda shaxsan maqbul yechimni topishingizga imkon yaratadi.

Keyingi tashhislash va davolashni tayinlash uchun sizga shifokorga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

UZN2257611
Manbalar:
  1. Osteoarthritis (OA) | Arthritis | CDC https://www.cdc.gov/arthritis/basics/osteoarthritis.htm Last access 23.04.21
  2. Diseases and Conditions Osteoarthritis (rheumatology.org) https://www.rheumatology.org/I-Am-A/Patient-Caregiver/Diseases-Conditions/Osteoarthritis Last access 23.04.21
  3. WHO | Chronic rheumatic conditions https://www.who.int/chp/topics/rheumatic/en/ Last access 23.04.21
  4. Osteoarthritis: When Your Doctor Should Help https://www.webmd.com/osteoarthritis/oa-when-call-doctor Last access 27.04.21
  5. Osteoarthritis – NHS (www.nhs.uk) https://www.nhs.uk/conditions/osteoarthritis/ Last access 23.04.21
  6. Морозова Т.Е., Рыкова С.М. Ибупрофен в практике врача-терапевта: возможности в купировании болевых синдромов // Лечащий врач. – 2013. – № 1.