MIGREN

Migren — bu bir meʻyorda yoki kuchli oʻqtin-oʻqtin, odatda bir tomonlama kechadigan bosh ogʻrigʻidir.1

Migren dunyo boʻyicha koʻp tarqalgan kasaliklarning uchinchisi boʻlib, tish kariyesidan va zoʻriqib bosh ogʻrishidan keyin uchinchi oʻrinda turadi.2 Ushbu patalogiyaga koʻproq ayollar chalinadi: yer yuzidagi tahminan har 5 ayolning biri va har 15 erkakning biri migrendan jafo chekadi.1

Migrenning qanday turlari mavjud?

  • Aurali migren, bunda oʻqtin-oʻqtin bosh ogʻrigʻi xuruji boshlanishidan oldin ogohlantiruvchi belgilar paydo boʻladi.
  • Aurasiz migren – kasallikning eng koʻp tarqalgan turi, bunda migren ogohlantiruvchi belgilarsiz kechadi.
  • Bosh ogʻriqsiz migrenga xos aura (sokin migren), bunda aura yoki migrenning boshqa simptomlari kuzatiladi, ammo bosh ogʻrigʻiga rivojlanib oʻtmaydi.1

Migren vujudga kelishining sababi nima?

Migrenning aniq sababi aniqlanmagan. Koʻpincha nasliy moyillik kuzatiladi, yaʻni genetik aloqadorlik mavjud boʻladi.3

Shuningdek  migren qoʻzgʻatuvchi turli omillar ajratib koʻrsatiladi, masalan:4

  • stress
  • toliqish
  • alkogol isteʻmol qilish
  • kofe yoki choy kabi kofeinli mahsulotlar isteʻmol qilish
  • shokolad, sitrus mevalari isteʻmol qilish

Migrenning asosiy koʻrinishlari

Migrenning asosiy belgisi – kuchli oʻqtin-oʻqtin bosh ogʻrigʻi, harakatlanganda kuchayadi. Shuningdek quyida keltirilgan boshqa simptomlar ham kuzatilishi mumkin:

  • oʻzini yomon his qilish
  • yorugʻlik va shovqindan oʻta bezovtalanish
  • terlash
  • qizib ketish yoki sovuq qotish
  • qorin ogʻrigʻi

Migren simptomlari odatda 4 soatdan 3 kungacha davom etishi mumkin.5

Aura nima?

Migrenga chalinganlarning 20% da kasallik aura bilan birga kechadi.3 Aura vaqtinchalik simptomlardan tashkil topgan boʻlib, bosh ogʻrigʻi boshlanishidan oldin kuzatiladi. Masalan, quyidagi koʻrinishlarda yuz berishi mumkin:

  • koʻrishga oid muammolar (pirpirovchi chiziqlar, nuqtalar, koʻrinmay qoladigan hududlar)
  • oyoq-qoʻllarning uvishishi yoki sanchishi
  • bosh aylanishi yoki muvozanatni yoʻqotish
  • gapirishning qiyinlashuvi

Aura simptomlari odatda 5 daqiqa ichida rivojnala boshlaydi va bir soatgacha davom etadi.5

Migren xuruji qanady sodir boʻladi?

Migrenni 4 bosqichga boʻlib koʻrsatiladi, bunda barcha bosqichlar albatta sodir boʻlishi shart emas:5

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Quyidagi holatlarda shifokorga murojaat qilish zarur, agar:5

  • migrenning simptomlari tez-tez yoki ogʻir yuz berib turgan va ogʻriq qoldiruvchi preparatlarni isteʻmol qilish natija bermayotgan boʻlsa;
  • migren xurujlari tez-tez (har oyda 5 kundan koʻproq) sodir boʻlsa, agar xurujlarni mustaqil ravishda toʻxtatishga erishayotgan boʻlsangiz ham, xurujlarning tez-tez qaytalashini kamaytirish maqsadida sizga profilaktika muolajalarini tayinlash zarur boʻlsa.

Ibuprofen 400 mg dozada katta yoshlilarda migren xurujlarini davolash uchun samarali vosita hisoblanadi, kasallik sodir boʻlishini ham, bosh ogʻrigʻi davomiyligini ham kamaytiradi, buning oqibatida migrenning koʻngil aynishi. yorugʻlikdan bezovtalanish kabi boshqa simptomlari ham tezda chekinadi 6.

Brufen® Rapid yumshoq kapsulalar shaklida chiqarilishi sababli, 15 daqiqadan keyin taʻsir koʻrsata boshlaydi va bosh ogʻrigʻini susaytiradi7,8.

UZN2257611
Manbalar:
  1. Migraine – NHS (www.nhs.uk) https://www.nhs.uk/conditions/migraine/ Last access 26.04.2021
  2. Steiner T.J., Stovner L.J., Birbeck G.L. Migraine: the seventh disabler. J Headache Pain. 2013; 14(1):
  3. What Is Migraine? | American Migraine Foundation https://americanmigrainefoundation.org/resource-library/what-is-migraine/ Last access 26.04.2021
  4. Migraine – Causes – NHS (www.nhs.uk) https://www.nhs.uk/conditions/migraine/causes/ Last access 26.04.2021
  5. Migraine – Symptoms – NHS (www.nhs.uk) https://www.nhs.uk/conditions/migraine/symptoms/ Last access 26.04.2021
  6. Roy RabbieSheena Derryand R Andrew Moore. Ibuprofen with or without an antiemetic for acute migraine headaches in adults. Cochrane Database Syst Rev. 2013 Apr; 2013(4).
  7. Suthisisang C, Poolsup N, Kittikulsuth W, et al. Efficacy of low dose ibuprofen in acute migraine treatment: systematic review and meta analysis. Ann Pharmacother 2007;41:1782 1791
  8. Инструкция для медицинского применения препарата БРУФЕН® РАПИД мягкие капсулы по 400 мг. Регистрационное удостоверение в DV/X 07844/05/20, действительно до 18 мая 2025 г.
  9. Schachtel, B. P., Cleves, G. S., Konerman, J. P., Brown, A. T., & Markham, A. O. (1994). A placebo-controlled model to assay the onset of action of nonprescription-strength analgesic drugs. Clinical Pharmacology and Therapeutics, 55(4), 464–470. doi:10.1038/clpt.1994.56