Dismenoreya oʻzi nima?

Dismenoreya oʻzi nima?

Hayz vaqtida paydo boʻladigan qattiq ogʻriqlar dismenoreya deb ataladi. Bu har qanday yoshdagi ayollar oʻrtasida eng koʻp tarqalgan ginekologik muammodir.1

Ayollarning 90% ga yaqini hayotida bir marta boʻlsa ham dismenoreya dardidan jafo chekkan, uning asosiy simptomi ogʻriqda ifodalanadi. Dismenoreya holatida shuningdek, boshqa shikoyatlar ham paydo boʻlishi mumkin, masalan:1,2

  • Koʻngil aynishi, qusish
  • Xorgʻinlik (charchash)
  • Yurakning juda tez yoki sekin urishi
  • Koʻp terlash
  • Peshobning tez-tez qistashi
  • Bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi

Ikki turdagi dismenoreya ajratib koʻrsatiladi:3

  • Birlamchi
  • Ikkilamchi

Birlamchi dismenoreya balogʻat yoshida, birinchi hayz koʻrganda yoki muntazam davriylik oʻrnatilganidan keyin 1,5-2 yil oʻtgach oʻzini namoyon etadi va kichik tos organlari kasalliklarining yoʻqligi bilan ajralib turadi. Ikkilamchi dismenoreya, aksincha, patologik holatlarning natijasi boʻlib hisoblanadi, ulardan eng koʻp uchraydigan endometrioz boʻlib, bu kasallikda bachadon boʻshligʻidan tashqarida uning ichki shilliq pardasi – endometriy oʻsib chiqadi.3,8

Dismenoreya holatida ogʻriq paydo boʻlishi nima bilan bogʻliq?

Hayz vaqtida nima uchun ogʻriq paydo boʻlishini tushunib olish uchun bitta atama – «prostaglandinlar» soʻzini eslab qolishimiz zarur. Bu gormonsimon moddalar, organizmning turli toʻqimalarida vujudga keladi va uning ishini muvofiqlashtiradi.4

Hayz vaqtida bachadon toʻqimalarida prostaglandinlar (PG) sintezi oshadi, bunda ularning kontsentratsiyalashuv qanchalik yuqori boʻlsa, hayz ogʻrigʻi va boshqa simptomlar shunchalik intensiv namoyon boʻladi.3

Dismenoreyada ogʻriq rivojlanishi mexanizmini  shartli ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:5

 

Ogʻriq paydo boʻlish mexanizmini tushunib oldik, endi muammoni hal etishga oʻtish mumkin.

Dismenoreya qanday davolanadi?

Dismenoreyani simptomatik davolashning birinchi yoʻnalishi nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV) qoʻllashdir.1 Barcha NYAQV orasida birlamchi dismenoreya holatida «xatar/foyda» nisbatiga koʻra ibuprofen eng yaxshi samaraga ega.6

Hayz ogʻriqlari va boshqa simptomlar  prostaglandinlar kontsentratsiyasiga toʻgʻri proportsional ekanligini bilib oldik. BRUFEN® RAPID preparatining taʻsir koʻrsatuvchi moddasi Ibuprofen bachadondagi ortiqcha prostaglandinlarni yoʻqotib, moʻtadil hayz tsikli uchun mos darajada saqlaydi.7,9

Brufen® bu birinchi ibuprofendir, u 50 yildan ortiq vaqtdan beri shifkorlar orasida ham, bemorlar orasida ham yuqori ishonch qozonishga sazovor boʻlgan10.

BRUFEN® RAPID – kapsulali ibuprofen boʻlib, eritma shaklida joylashtiriladi, Bu esa tabletkali ibuprofenga nisbatan ancha tez samara beradi9

Dismenoreya kichik tos sohasidagi organlarning turli kasalliklarining hamda gormonal muvozanat buzilishining oqibati boʻlishi ham mumkinligini unutmang. Agar sizda  dismenoreya simptomlari zohir boʻlsa, shifokor ginekologga murojaat qiling. Shifokor zarur tekshiruvlarni tayinlaydi va davolash uchun kerakli preparatlarni yozib beradi.

UZN2257611
Manbalar:
  1. Osayande A.S., Mehulic S. Diagnosis and initial management of dysmenorrhea. Am Fam Physician. 2014;1:89(5):341–
  2. Burnett M., Lemyre M. No. 345-Primary Dysmenorrhea Consensus Guideline. J Obstet Gynaecol Can. 2017;39(7):585–
  3. Iacovides S., Avidon I., Baker F.C. What we know about primary dysmenorrhea today: a critical review. Hum Reprod Update. 2015;21(6):762–
  4. Definition of Prostaglandin (medicinenet.com) https://www.medicinenet.com/prostaglandin/definition.htm Last access 16.04.2021
  5. Dmitrovic R., Kunselman A.R., Legro R.S. Continuous compared with cyclic oral contraceptives for the treatment of primary dysmenorrhea: a randomized controlled trial. Obstet Gynecol 2012; 119: 1143–50.
  6. Nie W., Xu P., Hao C., Chen Y., Yin Y., Wang L. Efficacy and safety of over-the-counter analgesics for primary dysmenorrhea: A network meta-analysis. Medicine (Baltimore). 2020;99(19): doi:10.1097/MD.0000000000019881
  7. Dawood M.Y. Primary Dysmenorrhea. Advances in Pathogenesis and Management. Obstet Gynecol 2006; 108: 428–41.
  8. Серов В.Н., Руководство по амбулаторно-поликлинической помощи в акушерстве и гинекологии [Электронный ресурс] / под ред. В.Н. Серова, Г.Т. Сухих, В.Н. Прилепской, В.Е. Радзинского – М. : ГЭОТАР-Медиа, 2016. – 1136 с. – ISBN 978-5-9704-4004-9
  9. Инструкция для медицинского применения препарата БРУФЕН® РАПИД мягкие капсулы по 400 мг. Регистрационное удостоверение в DV/X 07844/05/20, действительно до 18 мая 2025 г.
  10. A brief history of Ibuprofen. Last access – 30/03/2021. https://pharmaceutical-journal.com/article/infographics/a-brief-history-of-ibuprofen.
  11. Schachtel, B. P., Cleves, G. S., Konerman, J. P., Brown, A. T., & Markham, A. O. (1994). A placebo-controlled model to assay the onset of action of nonprescription-strength analgesic drugs. Clinical Pharmacology and Therapeutics, 55(4), 464–470. doi:10.1038/clpt.1994.
  12. Varrassi G, Pergolizzi JV, Dowling P, Paladini A. Ibuprofen Safety at the Golden Anniversary: Are all NSAIDs the Same? A Narrative Review. Adv Ther. 2020;37(1):61-82. doi:10.1007/s12325-019-01144-9