Deyarli har birimiz hayotimizda hech boʻlmasa bir marta bosh ogʻrigʻni his qilganmiz, koʻpchilik esa bu holatni qayta-qayta boshdan kechirgan. Bosh ogʻrigʻi ijtimoiy va oilaviy hayotga oʻz taʻsirini koʻrsatadi, darddan tezroq xalos boʻlish uchun shifokorga tez-tez murojaat qilib turishga majbur qiladi
Bosh ogʻrigʻi nima sababdan paydo boʻladi?
Birlamchi bosh ogʻrigʻi ogʻriq impulslariga nisbatan taʻsirchan bosh miya tuzilmalarining haddan tashqari faollashuvi sababli kelib chiqadi.1
Birlamchi bosh ogʻrigʻining turlari:1
- zoʻriqish sababli bosh ogʻrigʻi
- migren
- bosh ogʻrigʻining klasterli va boshqa turlari
Shuningdek birlamchi bosh ogʻrigʻi ayrim holatlarda turmush tarzi omillariga bogʻliq boʻlishi mumkin, masalan:1,2
- stress
- koʻp miqdorda alkogol isteʻmol qilish oqibati
- gavdani toʻgʻri tutish muammolari
- koʻrish oʻtkirligining buzilishi
- nomuntazam ovqatlanish
- tananing suvsizlanganligi
Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Bosh ogʻrigʻi oʻz-oʻzidan oʻtib ketishi mumkin, ammo baʻzi holatlarda u boshqa biror kasallikning simptomi boʻlishi mumkin. Agar quyidagi holatlarni his qilsangiz, oilaviy shifokoringizga murojaat qiling:2
- bosh ogʻrigʻi qaytalab turadi
- ogʻriq qoldiruvchi preparatlar yordam bermay, ogʻriq kuchayadi
- boshning old yoki yon tarafida kuchli oʻqtin-oʻqtin ogʻriq bezovta qiladi
- koʻngil aynishi, qusish bilan birga kechadi, yorugʻlik va shovqin chidab boʻlmas darajada bezovta qiladi
Bosh ogʻrigʻini qanday qilib yengish mumkin?
Tavsiyalar:2
- Koʻproq suv iching
- Koʻproq dam oling (shamollash yoki gripp holatida)
- Tinchlanishga harakat qiling (stress bosh ogʻrigʻini kuchaytiradi)
- Ogʻriqni qoldiruvchi dori qabul qiling
Yoʻl qoʻyilmaydi:2
- Alkogol isteʻmol qilish
- Hatto ishtaha boʻlmasa ham ovqatlanish vaqtini oʻtkazib yuborish
- Keragidan ortiq uyqu (haddan koʻp uxlash bosh ogʻrigʻini kuchaytirishi mumkin)
- Uzoq vaqt koʻzni zoʻriqtirish (masalan, ekranga tikilib oʻtirish
Qanday dori vositalaridan foydalaniladi?
Bosh ogʻrigʻini toʻxtatish uchun nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV) qoʻllanadi, ular yalligʻlanishga qarshi taʻsir koʻrsatish bilan birga sezilarli ogʻriq qoldirish xususiyatiga ega. Bu sinfga mansub dori preparatlarining yaxshi oʻrganilgan turlaridan biri ibuprofen hisoblanadi.3 Bosh ogʻrigʻidan birinchi liniya terapiyasi sifatida u 400 mg dozada tavsiya etiladi.4
BRUFEN® RAPID oʻz tarkibida 400 mg ibuprofen saqlaydi. U yumshoq kapsulalar shaklida ishlab chiqariladi. BRUFEN® RAPIDning oʻgʻriq qoldiruvchi taʻsiri 15 daqiqa ichida boshlanadi.
BRUFEN® RAPID qonda 8 soatgacha aniqlanadi,5 shuning evaziga u sezilarli analgetik samara beradi, oʻgʻriq qoldiruvchi taʻsiri 6 soatgacha saqlanib qoladi.7