Tish chiqishi kichkintoyning oʻziga ham, oila uchun ham tashvish sababiga aylanishi mumkin. Bu davrda bola turli simptomlar taʻsiri ostida qoladi va/yoki oʻzini odatdan tashqari tuta boshlaydi:1,2
- Tish yorib chiqayotgan joyda milk ogʻrigʻi va qizarishi
- Tish chiqayotgan tarafdagi yonoqning qizarishi
- Bola oʻz quloqlarini ishqay boshlashi
- Turli narsalarni ogʻziga olib borib, koʻproq kemirishga va chaynashga harakat qilishi
- Koʻp soʻlak ajratilishi va soʻlak oqishi
- Ogʻiz atrofiga toshmalar chiqishi
- Haddan ortiq taʻsirchanlik va yigʻloqlik
- Uyquning buzilishi
Tish chiqayotgandagi eng koʻp uchraydigan simptom — ogʻriq paydo boʻlishidir.2
Nega ogʻriq paydo boʻladi?
Tish yorib chiqish vaqtida atrofdagi milk toʻqimalari ajraladi, yalligʻlanadi, baʻzan esa shikastlanishi ham mumkin. Buning oqibatida ogʻriq chaqiradigan yalligʻlantiruvchi fermentlar miqdori oshadi. Shuningdek, qattiq buyumlarni tishlagan vaqtida milklarning ishqalanishi va jarohatlanishi natijasida mahalliy ogʻriq paydo boʻlishi ham mumkin.2
Bolaga qanday yordam berish mumkin?
Tish yorib chiqishi – har bolaning boshiga tushadigan stress holatidir, ammo siz uning bu davrdan oʻtishini yengillatishingiz mumkin. Tibbiyot amaliyotiga xos boʻlmagan ayrim hiylalardan foydalaning, agar ular ham yordam bermasa, dori vositalarini qoʻllash mumkin.3 Har bir goʻdak oʻziga xos, shuning uchun toki unga mos keladigani topilguncha bir necha usullarni sinab koʻrishga toʻgʻri kelishi ham mumkin:3,4
- Tish halqachalari (sovutilgan)
- Muzlatilgan mevalar (muzlatilgan banan, olma yoki sabzi boʻlakchalari)
- Milklarni toza barmoqlar, sovuq qoshiq, nam doka bilan uqalash
- Bolani chalgʻitish, u bilan turli oʻyinlar oʻynash
Shunda ham ogʻriq qolmasa nima qilish kerak?
Ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi dorilarsiz dardni yengillatish imkoni boʻlmaydigan holatlar ham boʻladi. Tish chiqayotganda ogʻriqli xurujlarni kamaytirish uchun goʻdaklar va kichik yoshli bolalar uchun ibuprofen qoʻllash mumkin.4
Tarkibidan ibuprofen saqlovchi BRUFEN®, ogʻriqni qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi samaraga ega. Ogʻriqning toʻxtalishi va yalligʻlanishning kamayishi oʻz navbatida bolaning uyqusini meʻyorga keltirishga va gʻashlanishining kamayishiga yordam beradi5.
Kichkintoy bolalar BRUFEN®ni qabul qilishini osonlashtirish maqsadida u sirop shaklida ham chiqariladi. Qadoq ichiga, shuningdek qoʻllashni yanada osonlashtiradigan dozator-shprits solib qoʻyilgan.6
BRUFEN® siropini tana vazni 5 kg. dan yuqori yoki 3-oydan oshgan bolalarda qoʻllash mumkin.6