Ogʻriq – organizmning oʻziga xos darakchisi boʻlib, xavf mavjudligi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Bolalar uchun bu himoya mexanizmi juda muhim. chunki ular hamisha ham oʻzlarini qanday his qilayotganlarini soʻzlar yordamida ifodalash olmaydilar. Ogʻriq sababli paydo boʻlgan bolalar yigʻisi esa ota-onani darhol xushyor tortishga majbur qiladi – demak nimadir bezovta qilyapti. Odatda ogʻriqli yigʻi ochilik yigʻisidan, eʻtibor ajratishga undov yigʻisidan farq qiladi, bunday yigʻini bostirish qiyin, baʻzan esa chinqirishga aylanib ketadi.
Agar bolaning qaeridir ogʻrib yigʻlayotgan boʻlsa, ammo sababini topa olmasangiz, avvalroq boʻlib oʻtgan barcha hodisalarni qayta esga olishga harakat qiling.
Mayda-chuydaralarni ham unutmang, masalan:
- Bolaga nimalar yedirgandingiz?
- Oxirgi safar ichi qachon kelgan va qachon peshob qilgan edi?
- Nafas siqishi yoki yoʻtal yoʻqmi?
- Teri qoplamalarining koʻrinishi qanday?
- Noodatiy simptomlar yoʻqmi?
- Qoʻllari bilan oddatdan tashqari harakatlar qilmayaptimi, masalan quloqlarini ushlamayaptimi?
- Gʻalati ajratmalar mavjudmi (masalan, quloq teshiklaridan oqma, peshobning gʻayrioddiy rangga ega ekanligi va b.)?
Pediatrga qanchalik koʻproq maʻlumot bersangiz toʻgʻri tashhis qoʻyish va davolashni boshlash shunchalik oson boʻladi. Jumladan doktor bolangiz uchun samarali ogʻriq qoldiruvchi dori tayinlashi mumkin.
Yaxshi hamki, bolalar his qiladigan ogʻriq koʻpincha jiddiy kasalliklar bilan bogʻliq boʻlmaydi.
Va koʻpincha quyidagi shakllarda namayon boʻladi:
- Yigʻilish, urilib ketish yoki lat yeyish sababli
- O`RVI sababli zirqirash
- Tomoq ogʻrigʻi
- Tish ogʻrigʻi, tishlar chiqish paytidagi ogʻriq
Bunday holatlarda simptomatik davolash va bola ahvolining yomonlashuvi ehtimolini oʻz vaqtida sezish uchun kuzatuvga olishning oʻzi yetarli boʻladi.
Ogʻriqni toʻxtatish uchun uning qanday paydo boʻlganini aniqlash muhim:
Yalligʻlanishni kamaytirish orqali ogʻriqning «zanjirini» uzib tashlash mumkin.
BRUFEN® preparatining taʻsir koʻrsatish tamoyli aynan mana shunga asoslangan. U yalligʻlanish fermentlari ishlab chiqarilishini kamaytiradi va shu orqali yalligʻlanishni, oʻz navbatida ogʻriqni pasaytiradi.1
BRUFEN® (taʻsir koʻrsatuvchi modda – ibuprofen) bolalardagi ogʻriqqa va harorat koʻtarilishiga qarshi birinchi tanlov dori vositasidir *2.
U ogʻriq muddatini qisqartiradi va intensivligini kamaytiradi2.
BRUFEN® tibbiyot tajribasida 50 yildan ortiq qoʻllanilmoqda. Ana shu yillar davomida olimlar ibuprofenning samaradorligi borasida juda katta daliliy maʻlumotlar bazasini toʻpladilar va hozirgi paytga kelib u ushbu guruhdagi eng koʻp oʻrganilgan dori vositasi hisoblanadi3. BRUFEN® umumiy tajriba shifokorlari, pediatrlar va tor sohalar mutaxassislari tomonidan eʻtirof etilgan4.
Sirop shaklidagi BRUFEN® tana vazni 5 kg. ortiq yoki 3-oylik boʻlgan davrdan boshlab qoʻllanishi mumkin1.