BOʻGʻIMLARNING
QOTIB QOLISHI

Boʻgʻim ogʻrishi, yoki artralgiya istalgan boʻgʻimda paydo boʻlishi mumkin.1 U surunkali ogʻriqlar orasida eng keng tarqalgan turi boʻlib, koʻpincha mehnatga layoqatsizlikka sabab boʻladi.2

Boʻgʻim ogʻrigʻi bittagiga boʻgʻimga xos boʻlishi yoki bir vaqtning oʻzida bir necha boʻgʻimlarni shikastlantirishi mumkin, uning tabiyati esa keltirib chiqargan asosiy sababga bogʻliq boʻladi.2 Yoshroq boʻlgan bemorlarda boʻgʻim ogʻriqlari koʻpincha yalligʻlanish kasalliklari, masalan revmatoidli artrit sababli kelib chiqadi, keksa yoshlilar esa, asosan osteoartrit oqibatida dard chekadilar.3

Boʻgʻimlarning qotib qolishi nima sababdan vujudga keladi?

Boʻgʻimlarning qotib qolishi organizmdagi yoshga oid oʻzgarishlar sababli rivojlanishi yoki ayrim kasalliklar simptomi boʻlishi mumkin:1

  • «Yelkaning muzlashi» sindromi

Yelka boʻgʻini kapsulasining yoʻgʻonlashuvi natijasida vujudga keladi. Asta-sekin yelka harakatchanligining cheklanishi kuzatiladi, kuchli ogʻriq bezovta qiladi, ayniqsa tungi vaqtda, yelkani tashqi tomondan faol aylantira olish xususiyatining deyarli toʻliq yoʻqotilishi.2

  • Bursit

Boʻgʻimlarda joylashgan sinovial sumkalarning (bursa) yalligʻlanishi sababli paydo boʻladi. Kasallik koʻpincha tirsaklar, tizzalar, yelkalar, son va oyoq kaftlarini asosan boʻgʻim qismida shikastlantiradi va harakatlanayotganda ularda ogʻriq paydo boʻladi.3

  • Revmatoidli artrit

Qoʻl va oyoqlarning panjalari mayda boʻgʻimlari yalligʻlanishi natijasida rivojlanadi. RA boshqa artritlardan farqi – tong vaqtida boʻgʻimlar qotib qolishi uzoq vaqt davom etadi. Bu bir soatdan ikki soatgacha, baʻzi holatlarda esa butun kun davomida saqlanib qolishi mumkin.4

  • Osteoartrit

Boʻgʻimdagi togʻaylarning yemirilishi natijasida vujudga kelib, ogʻriq, deformatsiya, boʻgʻim qotishi va salqish bilan birga kechadi. Bu artritning eng koʻp tarqalgan shakli boʻlib, asosan son va tizza boʻgʻimlarini shikastlaydi.5

Boʻgʻimlar harakatchanligini cheklovchi artrit rivojlanishining oldini qanday olish mumkin?

  • Tana vaznini kamaytiring6
  • Sogʻlom ovqatlaning6
  • Mushaklarni mustahkamlovchi mashqlar bilan muntazam shugʻullaning6
  • Jarohatlar puxta davolanishiga erishing6
  • Yurishga yordam beruvchi moslamalardan foydalaning – bu kundalik vaziflarni bajarishni yengillashtiradi va boʻgʻimlardagi zoʻriqishni pasaytiradi6

 

Boʻgʻimlardagi qotib qolishi va ogʻriq holatlarini qanday kamaytirish mumkin?

Ogʻriq sindromini toʻxtatish va shishni kamaytirish uchun nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalardan (NYAQV), xususan ibuprofendan foydalanish mumkin.7,8

Ibuprofen – NYAQV sinfiga mansub eng yaxshi vositalardan biri boʻlib, 50 yildan beri klinik tajribada muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda. 9

Boʻgʻimlar qotishi sababini aniqlash va davolash muolajalarini tayinlash uchun shifokorga murojaat qilishni maslahat beramiz.

 

UZN2257611
Manbalar:
  1. What is the best thing for stiff joints? https://www.medicalnewstoday.com/articles/321588 Last access 30.04.2021
  2. Maund E., Craig D., Suekarran S., et al. Management of frozen shoulder: a systematic review and cost-effectiveness analysis. Health Technol Assess. 2012; 16(11): 1-264. doi:10.3310/hta16110
  3. Cologne, Germany: Institute for Quality and Efficiency in Health Care (IQWiG); 2006. Bursitis: Overview. 2018 Jul 26.
  4. Rheumatoid Arthritis https://www.rheumatology.org/I-Am-A/Patient-Caregiver/Diseases-Conditions/Rheumatoid-Arthritis Last access 23.04.21
  5. Osteoarthritis (OA) | Arthritis | CDC https://www.cdc.gov/arthritis/basics/osteoarthritis.htm Last access 30.04.21
  6. Arthritis Prevention https://reverehealth.com/live-better/arthritis-prevention/ Last access 30.04.21
  7. Frozen Shoulder Syndrome – Diagnosis, Prevention and Treatment https://www.oamichigan.com/frozen-shoulder-syndrome-diagnosis-prevention-treatment/ Last access 26.04.2021
  8. Diseases and Conditions Osteoarthritis (rheumatology.org) https://www.rheumatology.org/I-Am-A/Patient-Caregiver/Diseases-Conditions/Osteoarthritis Last access 23.04.21
  9. Морозова Т.Е., Рыкова С.М. Ибупрофен в практике врача-терапевта: возможности в купировании болевых синдромов // Лечащий врач. – 2013. – № 1.