BOʻGʻIM
OGʻRISHI

Boʻgʻim ogʻrishi, yoki artralgiya istalgan boʻgʻimda paydo boʻlishi mumkin.1 U surunkali ogʻriqlar orasida eng keng tarqalgan turi boʻlib, koʻpincha mehnatga layoqatsizlikka sabab boʻladi.2

Boʻgʻim ogʻrigʻi bittagiga boʻgʻimga xos boʻlishi yoki bir vaqtning oʻzida bir necha boʻgʻimlarni shikastlantirishi mumkin, uning tabiyati esa keltirib chiqargan asosiy sababga bogʻliq boʻladi.2 Yoshroq boʻlgan bemorlarda boʻgʻim ogʻriqlari koʻpincha yalligʻlanish kasalliklari, masalan revmatoidli artrit sababli kelib chiqadi, keksa yoshlilar esa, asosan osteoartrit oqibatida dard chekadilar.3

Boʻgʻimdagi ogʻriqlar nima sababdan vujudga keladi?

Boʻgʻim ogʻriqlarining sababi koʻp. Baʻzan sababi ochiq koʻrinib turadi, masalan sport jarohati holatida. Boshqa holatlarda esa ogʻriq boʻgʻimdagi yoki uning yon atrofidagi har xil tuzilmalarning shikastlanishi sababli kelib chiqishi mumkin.

Quyida boʻgʻim kasalliklarini keltirib chiqaruvchi eng koʻp uchraydigan sabablari keltirilgan.1

Bir necha boʻgʻimlarda ogʻriq vujudga keltiruvchi kasalliklar:1,4

  • Osteoartrit – artritning eng koʻp tarqalgan shakli. Ogʻriq boʻgʻimlarning yalligʻlanishi bilan bogʻliq. Dastlab ogʻriq faqat bitta, masalan son yoki tizza boʻgʻimida sezilib, keyinchalik bir necha boʻgʻimlar shikastlanishi mumkin.
  • Revmatoidli artrit – artritning bu turida qoʻl va oyoqlar mayda boʻgʻimlarida ogʻriq va salqish paydo boʻladi. Tong vaqtida boʻgʻimlarning qotib qolishi koʻrinishida ifodalanadi.
  • Psoriatik artrit – psoriaz bilan xastalangan har besh kishidan birini shikastlaydi. Artritning boshqa turlarida boʻlgani kabi bitta yoki bir necha boʻgʻimda yalligʻlanish, salqish va ogʻriq kuzatiladi.
  • Podagra – bir yoki bir necha boʻgʻimning shikastlanishi va ogʻrishi bilan ifodalanadi va u takrorlanuvchi xurujlar bilan kechadi. Podagrada odatda dastlab oyoq bosh barmogʻi boʻgʻimi shikastlanadi, undan keyin boshqa boʻgʻimlarga oʻtadi.
  • Infektsiya – boʻgʻimlardagi ogʻriq organizmdagi har qanday umumiy infektsiya sababli, ayniqsa  grippsimon kasalliklar tana haroratining koʻtarilishi bilan kechganda kelib chiqishi ham mumkin.
  • Artritning kamroq uchraydigan turlari:
    • Reaktiv artrit – infektsiyadan keyin rivojlanadi va koʻproq yoshlarni shikastlaydi.
    • Ankilozirlovchi spondilit –artrit koʻrinishi boʻlib, bunda koʻproq orqa kurakning past qismida joylashn boʻgʻimlar shikastlanadi.
  • Biriktiruvchi toʻqimalarning kasalliklari:
    • Tizimli qizil teri sili – immun tizimi adashib sogʻlom hujayralar, toʻqimalar va aʻzolarga hujum uyushtiradigan kasallik.
    • Sklerodermiya – bu kasallikda butun organizmda, shu jumladan boʻgʻimlar sohasida tolalarning qattiq, yoʻgʻonlashgan joylari hosil boʻladi.

Bittagina boʻgʻimda ogʻriq keltirib chiqaruvchi holatlari:1,4

  • Jarohatlar:
    • suyak boʻgʻimining chiqib ketishi;
    • suyak sinishi;
    • yumshoq toʻqimalarning choʻzilishi yoki uzilishi.
  • Infektsiyalar:
    • boʻgʻimlar infektsiyasi – septik artrit;
    • suyak toʻqimalari infektsiyasi – osteomielit.

Boʻgʻim ogʻrigʻining oʻziga xos jihatlari nima?

Boʻgʻim ogʻrigʻi noxush holat bilan, hamisha boʻgʻimning istalgan joyida, jumladan togʻaylarda, suyakda, bogʻlovchi toʻqimalarda, paylarda yoki mushaklarda paydo boʻladigan yalligʻlanish bilan birga  kechishi bilan belgilanadi. Biroq koʻpincha ogʻriq joyini aniq topishning imkoni yoʻq, shu sababli shifokorlar artrit (boʻgʻimning yalligʻlanishi) yoki artralgiya (boʻgʻimning ichidagi ogʻriqli jarayon) atamalaridan foydalanishadi. Boʻgʻimlar ogʻrigʻi davriy boʻlishi mumkin, yaʻni ogʻriq hissi muayyan xatti-harakatdan keyin yoki kuchli doimiy boʻgʻimlardagi xatti-harakatlarni cheklanishini keltirib chiqaradigan harakatdan keyin vujudga keladi.5

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Agar boʻgʻimdagi ogʻriqlar quyidagilar bilan birga kechayotgan boʻlsa, davolanish maqsadga muvofiq:6

  • shishganlik;
  • qizarganlik;
  • boʻgʻim atrofi taʻsirchanligi va qiziganligi.

Agar boʻgʻim ogʻrigʻi jarohat sababli kelib chiqqan boʻlsa va quyidagilar bilan birga kechayotgan boʻlsa, zudlik bilan shifkorga murojaat eting:6

  • kuchli ogʻriq;
  • boʻgʻimning deformatsiyalanishi;
  • toʻsatdan salqishi;

boʻgʻimlarda harakatlanishni amalga oshirish mumkin boʻlmay qolishi.

Boʻgʻim ogʻriqlarini qanday qilib yengish mumkin?

Agar ogʻriqlarni ketkazish uchun ogʻriq qoldiruvchi vositalar qabul qilish kerak boʻlsa, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV), masalan ibuprofen qoʻllanishi mumkin.7

Ibuprofen – NYAQV sinfi orasida eng tanilgan vositalardan biri boʻlib, klinik amaliyotda boʻgʻim ogʻriqlarini va boʻgʻim atrofidagi sohalar ogʻrigʻini davolash uchun 50 yildan ortiq vaqtdan beri qabul qilish uchun 600 va 800 mg dozalarda qoʻllanib kelinmoqda.8,9

Keyingi tashhislash va davolashni tayinlash uchun shifokorga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

 

UZN2257611
Manbalar:
  1. Joint Pain | Causes, Relief and Treatment | PatientJoint Pain | Causes, Relief and Treatment | Patient Last access 24.05.2021
  2. Fact Sheet 11. Joint Pain Epidemiology.pdf11. Joint Pain Epidemiology.pdf Last access 24.05.2021
  3. Schaible H.G., et al. Joint pain. Exp Brain Res. 2009 Jun; 196(1): 153–62.
  4. Joint pain – NHS (www.nhs.uk)Joint pain – NHS (www.nhs.uk) Last access 24.05.2021
  5. Joint pain – Mayo ClinicJoint pain – Mayo Clinic Last access 24.05.2021
  6. Joint pain When to see a doctor – Mayo ClinicJoint pain When to see a doctor – Mayo Clinic Last access 24.05.2021
  7. Joint Pain and Arthritis | CDCJoint Pain and Arthritis | CDC Last access 24.05.2021
  8. Морозова Т.Е., Рыкова С.М. Ибупрофен в практике врача-терапевта: возможности в купировании болевых синдромов. Лечащий врач.2013; 1: 75–79.
  9. A brief history of ibuprofen https://pharmaceutical-journal.com/article/infographics/a-brief-history-of-ibuprofen Last access 30.03.21