• Bosh ogʻrigʻi
    Bosh ogʻrigʻi
  • Kattalarda tish ogʻrigʻi
    Kattalarda tish ogʻrigʻi
  • Kattalarda yuqori isitma
    Kattalarda yuqori isitma
  • Migren
    Migren
  • Dismenoreya
    Dismenoreya

Preparat yumshoq kapsulalar shaklida ishlab chiqariladi. Kapsulalar 200 mg va 400 mg dozada ibuprofenni oʻz ichiga oladi.

Ibuprofen – steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dori vosita. U yalligʻlanish, ogʻriq va isitma alomatlarini kamaytirishga yordam beradi.

Qoʻllash mumkin boʻlgan holatlar

Yengil va oʻrtacha darajadagi ogʻriqlarni, shu jumladan revmatik va mushak ogʻrigʻi, bel ogʻrigʻi, nevralgiya, migren, bosh ogʻrigʻi, tish ogʻrigʻi, dismenoreya, isitma, shamollash va gripp belgilarini engillashtirish uchun.

Dozalar

  • Ogʻirligi 40 kg dan ortiq boʻlgan 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun bir martalik doza – 1 kapsula. Har 6 soatda 1 kapsuladan qabul qilish mumkin. Maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil qiladi.
  • Dozalar oʻrtasida kamida 4 soat tanaffus qilish kerak. Simptomlarni davolash uchun zarur boʻlgan minimal vaqt davomida eng kam samarali dozadan foydalaning.
UZN2257291-2
MANBALAR
  1. BRUFEN® RAPID 400mg va 200mg yumshoq kapsulalar preparatni tibbiy qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma DV/X 07844/05/20, 2025-yil 18-maygacha amal qiladi.