KATTA YOSHLILARDA ISITMANING KOʻTARILISHI

Tana haroratining 38oC (sinonimlari – isitmalash, titroq) dan yuqori koʻtarilishi – organizmning tabiiy himoya reaksiyasidir. Koʻpincha bu infeksiya kasalliklarini keltirib chiqaruvchi viruslar va bakteriyalar bilan organizmning kurashish usulidir. Tana haroratining koʻtarilishi shuningdek intensiv jismoniy mashqlar, havoning isib ketishi yoki vaksina yuborilishiga nisbatan reaksiya boʻlishi mumkin 1,2

Meʻyor belgilanganmi?

Tananing moʻtadil harorati kun davomida oʻzgarib turadi: u ertalab pastroq va kunning ikkinchi yarmida yuqoriroq boʻladi. Koʻpchilik 36,6oC daraja hroratni meʻyor deb hisoblaydi, biroq harorat bir daraja yoki undan biroz koʻproq miqdorda oʻzgarib turishi mumkin (36,1 dan 37,2 oC gacha) va shu oraliqda meʻyor deb hisoblanaveradi.3

Tana harorati nima sababdan koʻtariladi?

Isitmaning koʻtarilishi mustaqil alohida bir kasallik emas. Bu organizmda qandaydir buzilish sodir boʻlganini bildiruvchi simptomdir.4

Tana haroratining koʻtarilish sabablari  quyidagilar boʻlishi mumkin:3

  • Virusli kasallik
  • Bakterial infeksiya
  • Yalligʻlanish jarayonlari, masalan revmatoid artrit
  • Xatarli oʻsimta
  • Dorilarning nojoʻya taʻsiri
  • Vaksinatsiya

 

Isitmaning bir necha darajasi ajratiladi:1

 

  • Moʻtadil isitma – tana haroratining 38 dan 38,9oC darajaga boʻlishida ifodalanadi
  • Yuqori isitma – tana harorati 39 dan 39,9oC darajagacha koʻtariladi
  • Juda yuqori isitma – tana harorati 40oC darajadan ortiq boʻladi

Isitmaning simptomlari qanday?

Isitma tana harorati koʻtarilishidan tashqari boshqa simptomlarga ham ega. Bu borada quyidagilar kuzatilishi mumkin:3,4

  • Koʻp terlash
  • Et uvishishi va titroq
  • Bosh ogʻrigʻi
  • Ishtaha yoʻqotilishi
  • Tananing suvsizlanishi
  • Mushaklar ogʻrigʻi
  • Koʻngil aynishi, qusish
  • Umumiy darmonsizlik

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Tana harorati koʻtarilganda agar quyidagi holatlar kuzatilsa, shifkorga murojaat qiling:1

  • ushbu holat uy sharoitida davolanganda 3 kundan ortiq davom etsa yoki ahvol yomonlashsa;
  • kuchli bosh ogʻrigʻi ogʻriq qoldiruvchi dori qabul qilgandan keyin ham davom etsa;
  • nafas olish qiyinchiligi yoki koʻkrak sohasida ogʻriq mavjud boʻlsa;
  • odatdan tashqari teri toshmalari paydo boʻlib, koʻpaya boshlasa;
  • yorugʻlikka nisbatan oʻtkir taʻsirchanlik paydo boʻlsa;
  • doimiy qusish holati kuzatilsa;
  • tomir tortishi sodir boʻlsa;
  • yaqinda xorijdan qaytgan boʻlsangiz.

Isitma qanday davolanadi?

Tana harorati yengil tarzda koʻtarilgan holatlarda davolash talab etilmaydi, ammo agar oʻzingizni noxush his qilayotgan boʻlsangiz yoki bosh ogʻrigʻi yoxud mushaklar ogʻrigʻi, lohaslik ham bezovta qilayotgan boʻlsa, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalardan (NYAQV) foydalanish mumkin.1

Shuningdek NYAQV dan bevosita istitmani pasaytirish maqsadida foydalanish, masalan ibuprofen qabul qilish mumkin.4

Ibuprofen katta yoshlilarda isitmani samarali tushuradi, shuningdek undan ogʻriq va yalligʻlanishga qarshi vosita sifatida ham foydalaniladi.5 Isitmani tushirish boʻyicha taʻsir qilish muddati 6 soatga yaqin.BRUFEN® RAPID qabul qilingandan soʻng 15 daqiqada taʻsir qila boshlaydi.7

Tana harorati koʻtarilishining sabablarini aniqlash va keyingi tashhislash va davolashni tayinlash uchun shifokorga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

UZN2257611
Manbalar:
  1. Fever in adults – HSE.ie Fever in adults – HSE.ie Last access 26.05.2021
  2. Fever: Symptoms, Causes, Care & Treatment (clevelandclinic.org) Fever: Symptoms, Causes, Care & Treatment (clevelandclinic.org) Last access 26.05.2021
  3. Fever – Symptoms and causes – Mayo Clinic Fever – Symptoms and causes – Mayo Clinic Last access 26.05.2021
  4. Fever | Johns Hopkins Medicine Fever | Johns Hopkins Medicine Last access 26.05.2021
  5. Pierce C.A., Voss B. Efficacy and safety of ibuprofen and acetaminophen in children and adults: a meta-analysis and qualitative review. Ann Pharmacother. 2010 Mar; 44(3): 489-506. doi: 10.1345/aph.1M332.
  6. Perrott D.A., Piira T., Goodenough B., Champion G.D. Efficacy and Safety of Acetaminophen vs Ibuprofen for Treating Childrenʻs Pain or Fever: A Meta-analysis. Arch Pediatr Adolesc Med. 2004; 158(6): 521–526. doi:10.1001/archpedi.158.6.521
  7. Schachtel, B. P., Cleves, G. S., Konerman, J. P., Brown, A. T., & Markham, A. O. (1994). A placebo-controlled model to assay the onset of action of nonprescription-strength analgesic drugs. Clinical Pharmacology and Therapeutics, 55(4), 464–470. doi:10.1038/clpt.1994.