BOLANING ISITMASI KOʻTARILIB KETSA NIMA QILISH KERAK?

Tana haroratining koʻtarilishi organizmdagi yalligʻlanish jarayonidan darak beradi. Odatda bu holat bolaning hayotiga va salomatligiga havf tugʻdirmaydi, ammo shunday boʻlsada quyidagi oʻtkir simptomlar mavjud emasligiga ishonch hosil qilishingiz kerak1:

  • Kuchli yoʻtal
  • Nafas siqishi
  • Tananing har qanday joyida kuchli ogʻriq
  • Suyuqlik ichishni rad qilish
  • Loqaydlik
  • Qusish
  • Diareya (ich ketishi)
  • Qon ketishi
  • Xotiraning oʻzgarishi yoki hushdan ketish
  • Peshob chiqarish muammolari

Ushbu simptomlardan birontasi aniqlansa zudlik bilan shifokorga murojaat qiling1! Agar bola shubha uygʻotadigan shikoyat qilmasa, yoki shunday simptomlar boʻlmasa, bolaning ahvolini diqqat bilan kuzatib boring va uning dardiga darmon boʻlishga harakat qiling.

Bolaning issigʻi chiqqanda qanday yordam berish kerak?

Isitma energiyaga boʻlgan ehtiyojning ortishi bilan birga kechadi, ammo ishtaha, aksincha, pasayib ketadi. Bu tabiiy hol. Bolaga yengil va mazali taom pishirib berishga harakat qiling, shunda bola uni yeb olish ehtimoli yuqori boʻladi1.

Shuningdek suyuqlik ichish tartibini ham nazardan qochirmang. Isitma vaqtida koʻplab suyuqlik ter bilan chiqib ketadi, bu esa tana suvsizlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, tana vazni 10 kg boʻlgan bolaning bir sutkalik suyuqlikka boʻlgan ehtiyoji 1 l ni, 20 kg vaznli bolada esa – 1,5 l ni tashkil etadi 1.

Haddan ortiq jismoniy faollik ham maqsadga muvofiq emas1.

Isitmani qanday tushirish mumkin?

Dunyo olimlarining zamonaviy tavsiyalariga koʻra isitma tushiradigan dorilarni faqat issiq chiqishi bolani qattiq bezovta qilayotgan boʻlsagina qoʻllaniladi2. Bu degani doridan majburiy tarzda foydalanish uchun «chegara» sifatida belgilanadigan 37,5oC yoki 38oC darajalarni belgilab boʻlmaydi.

Bolalarning isitmasi koʻtarilganda BRUFEN® 

Ibuprofen, BRUFEN® tarkibidagi taʻsir koʻrsatuvchi modda boʻlib, bolalarda isitma koʻtarilganda tavsiya etiladi4.

BRUFEN® faqat isitmani tushiribgina qolmay, balki issiq chiqishi bilan birga kechayotgan quyidagi ogʻriqlarni ham kamaytiradi2:

  • Tananing zirqirashi
  • Tonzillit
  • Faringit
  • Otit
  • Yutish qiyinchiligi
  • Oʻtkir respiratorli virus infektsiyalari (OʻRVI)

Ibuprofen qabul qilinganidan keyin isitmani tushirish taʻsiri davomiyligi  6 soat atrofida3,4.

Qanday shakldagi BRUFEN® maʻqul?

Tana vazni 5 kg dan yuqori yoki 3-oylikdan oshgan bolalar uchun sirop shaklidagi BRUFEN® toʻgʻri keladi4.

UZN2257611
Manbalar:
  1. Настанови на засадах доказової медицини, створені DUODECIM Medical Publications, Ltd. Настанова 00594. Лихоманка у дитини.
  2. Maurizio de Martino, Alberto Chiarugi, Attilio Boner. Working Towards an Appropriate Use of Ibuprofen in Children: An Evidence-Based Appraisal. Drugs (2017) 77:1295–1311. DOI 10.1007/s40265-017-0751-z.
  3. Perrott DA, Piira T, Goodenough B, Champion GD. Efficacy and Safety of Acetaminophen vs Ibuprofen for Treating Childrenʻs Pain or Fever: A Meta-analysis. Arch Pediatr Adolesc Med. 2004;158(6):521–526. doi:10.1001/archpedi.158.6.521.
  4. BRUFEN® sirop, 100 mg/5 ml, flakonda 100 ml preparatini tibbiy qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma DV / X 09684/03/22, amal qilish muddati 03.04.2027 yil.