Bursit

Bursit — bu asosan boʻgʻimlar sohasida joylashgan sinovial sumkalarning (bursa) yalligʻlanishi dir. Kasallik koʻpincha tirsaklar, tizzalar, yelkalar, son va oyoq kaftlarini shikastlantiradi va harakatlanayotganda ularda ogʻriq paydo boʻladi.1

Har yili 10 ming odamdan bittasida bursit rivojlanadi. U koʻproq oʻrta yoshli erkaklarni shikastlantiradi va ogʻir jismoniy mehnat bilan bogʻliqdir. Boʻgʻimga tushadigan yuklanishni cheklanganda kasallik 3 haftagacha davom etishi mumkin. Ammo uzoq muddatli takrorlanib turadigan yuklanishlar holatida bursit surunkali koʻrinish kasb etishi mumkin. Qandli diabet, revmatoidli artrit kabi kasalliklar sogʻayishni ancha kechiktirishi mumkin.1

Nima sabadan paydo boʻladi?

Burslar suyaklar, mushaklar, boʻgʻimlar, teri oʻrtasidagi ishqalanishni yengillashtiradi. Jarohatlanish natijasida, infektsiyali, surunkali, yalligʻlanishli yoki autoimmun  kasalliklar oqibatida ularda koʻplab suyuqlik yigʻilishi sodir boʻladi va ogʻriq paydo qiladi.2

Ayrim kasblar bursit rivojlanishi xatarining kuchliligi bilan ajralib turadi. Koʻp uchraydigan misollardan biri – koshinlovchilar, ular uzoq muddat qattiq polda tizzaga choʻkkalab ishlaydi. Ular uchun tizza koʻzida bursit paydo boʻlishi koʻproq xavf tugʻdiradi. Yuqori xatarga ega boshqa kasblar qatoriga farroshlar, duradgorlar, tom yopuvchilar va bogʻbonlarni kiritish mumkin. Uzoq muddat kompyuterda oʻtirib ishlash yoki sportning ayrim turlari (masalan voleybol) bilan shugʻullanish shuningdek bu kasallikning rivojlanish ehtimolini kuchaytiradi.1

Bursit qanday shakllarda namoyon boʻladi?

Bursit bilan kasallanganda asosan quyidagi shikoyatlar keltiriladi:3

  • harakatlanganda boʻgʻimning ogʻrishi;
  • lokal ogʻriq;
  • boʻgʻim harakatchanligining cheklanganligi;
  • agar yalligʻlangan bursa teri qatlamiga yaqin joylashgan boʻlsa, shish va qizarish.

Surunkali bursit holatida simptomlarga takroralanib turuvchi ogʻriq xurujlari, salqish va lokal ogʻriqlar ham qoʻshiladi. Uzoq muddatli yalligʻlanish jarayoni mushaklarning yemirilishini va shikastlangan boʻgʻimda harakatlanish doirasining cheklanishini keltirib chiqarishi mumkin.3

Bursit rivojlanishining oldini olish mumkinmi?

Bursitning barcha turlarining oldini olib boʻlmaydi. Kasallik paydo boʻlishi xatarini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:4

  • uzoq vaqt tizzada choʻkallab turish zarur holatlarda tizza ostiga qoʻyiladigan maxsus moslamalardan yoki himoya vositalaridan (tizzabandlardan) foydalanish;
  • yuqoriga (masalan, zinalardan) chiqayotganda bursga tushadigan ogʻirlikni kamaytirish uchun tizzalarni bukish;
  • ogʻir yuklarni koʻtarishga toʻgʻri kelsa, bursga tushadigan ogʻirlikni cheklash uchun aravachalardan foydalanish;

 

  • takrorlanib turadigan vazifalarni dam olish yoki boshqa ish bilan shugʻullanish orqali almashlash;
  • tana vaznini meʻyorida ushlab turish;
  • mushaklarni mustahkamlash uchun muntazam sport bilan shugʻullanish;
  • jismoniy ogʻir ishdan oldin boʻgʻimlarni jarohatlanishdan asrash uchun boshlama mashqlarni bajarish

 

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Agar quyidagi holatlar mavjud boʻlsa tibbiy yordam soʻrab murojaat etish zarur:

  • ogʻriq yoki faol harakatlanish muammolari kundalik faoliyat bilan shugʻullanishga xalal bersa;3
  • davolanishdan keyin ogʻriq toʻxtamasa yoki kuchaysa;3
  • shikastlangan boʻgʻimda qizarish yoki shish hosil boʻlsa;3
  • isitma, titroq yoki tunda koʻp terlash bilan kechsa.3

Bursit holatida ogʻriq sindromini qanday kamaytirish mumkin?

Bursit holatida boʻgʻimlar ogʻrisa, ogʻriqni qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi  samarali vositalardan foydalanish zarur. Ogʻriq sindromini toʻxtatish uchun nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalardan (NYAQV), xususan ibuprofen qoʻllash mumkin.3

Ibuprofen – NYAQV sinfiga mansub taniqli vositalardan boʻlib, 50 yildan ortiq vaqtdan beri klinik tajribada muvaffaqiyatli qoʻllanib kelmoqda.5 Brufen® – dunyodagi birinchi ibuprofen boʻlib, ogʻriq va yalligʻlanishdan qutulishga va odatiy hayotga tezda qaytishga yordam beradi.6,7

Keyingi tashhislarni oʻtkazish va davolashni tayinlash uchun shifkorga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

 

UZN2257611
Manbalar:
  1. Cologne, Germany: Institute for Quality and Efficiency in Health Care (IQWiG); 2006. Bursitis: Overview. 2018 Jul 26.
  2. Williams C.H., Jamal Z., Sternard B.T. Bursitis. [Updated 2021 Jan 17]. In: StatPearls [Internet]. Treasure Island (FL): StatPearls Publishing; 2021 Jan.
  3. Bursitis https://www.hopkinsmedicine.org/health/conditions-and-diseases/bursitis Last access 26.04.2021.
  4. Bursitis https://www.mayoclinic.org/diseases-conditions/bursitis/symptoms-causes/syc-20353242 Last access 26.04.2021.
  5. Морозова Т.Е., Рыкова С.М. Ибупрофен в практике врача-терапевта: возможности в купировании болевых синдромов // Лечащий врач. – 2013. – № 1.
  6. A brief history of Ibuprofen. Last access – 06/07/2021. https://pharmaceutical-journal.com/article/infographics/a-brief-history-of-ibuprofen
  7. BRUFEN® RAPID 400mg va 200mg yumshoq kapsulalar preparatni tibbiy qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma DV/X 07844/05/20, 2025-yil 18-maygacha amal qiladi.