MUSHAKLAR
OGʻRIGʻI

Mushaklar ogʻrigʻi, yoki mialgiya tananing har qanday aʻzosida bezovta qilishi mumkin.1 Aslida har birimiz ham bunday ogʻriqni oʻz hayotimizda u, yoki bu darajada his qilganmiz.2

Mushaklar nima sababdan ogʻriydi? 

Mushak ogʻriqlarining eng koʻp uchraydigan sababi zoʻriqish, stress, haddan tashqari toliqish yoki yengil jarohatlar hisoblanadi. Odatda bunday ogʻriq lokallashgan boʻladi va faqat bir yoki bir necha mushakni qamrab oladi.3

Masalan siz uchun haddan ortiq yoki yangi turdagi jismoniy zoʻriqishdan keyin kechikkan mushak ogʻriqlari sindromi, boshqacha aytaganda, krepatura paydo boʻlishi mumkin. Ogʻriqning bunday turi yuklaniyshdan 6-12 soatdan keyin vujudga kelishi va 48 soat davom etishi mumkin.4

Butun badan mushaklariga xos boʻlgan ogʻriqlar, yaʻni muntazam ogʻriq – asosan tizimli kasallikning oqibati hisoblanadi.3

Mushaklar ogʻrigʻini keltirib chiqaradigan autoimmun kasalliklar:3

  • Autoimmun miozitlar – kamyob kasalliklar guruhidan, holsizlik, yalligʻlanish bilan birga kechadigan mushaklardagi ogʻriqlar va sanchiqlar bilan ifodalanadi.5
    • Polimiozit – yalligʻlanish kasalligi boʻlib, bunda koʻplab turli mushaklar, xususan yelka va biqin mushaklari shikastlanadi. Aksar 30 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan ayollar kasallanadi.5
    • Dermatomiozit – Bir necha mushaklarni shikastlaydi va toshmalar hosil qiladi. Koʻproq ayollarda rivojlanadi, ammo bolalarda ham uchrashi mumkin.5
  • Tizimli qizil teri sili – surunkali kasallik boʻlib, bunda immun tizimi organizmning sogʻlom toʻqimalarini hujum ostiga oladi. Ushbu kasallikda badanning istalgan aʻzosida, shu jumladan mushaklarda ogʻriq paydo boʻlishi mumkin.6

Mushak ogʻriqlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan jarohatlar:3

  • Yaqin atrofdagi mushak toʻqimalariga ham zarar yetkazgan suyak sinishi
  • Paylar tortilishi yoki et uzilishi
  • Miofastsial ogʻriq sindromi – bunda mushaklarning muayyan guruhi bosilganda va tinch turgan vaqtida ogʻriq his etiladi. Nomutanosib jismoniy zoʻriqish oqibatida, ayniqsa koʻnikmagan kishilarning ayrim mushaklarida haddan koʻp qisqarishlar sodir boʻlishi natijasida vujudga keladi. Buning oqibatida mushaklarning oʻta zoʻriqishi va mikrouzilishlar yuzaga keladi. Shuningdek ushbu sindromning rivojlanishini stress holati ham muhim oʻrin tutadi.7

Mushak ogʻriqlari va sanchiqlarini keltirib chiqaruvchi infektsiyalar:3

  • Gripp va boshqa grippga oʻxshash kasalliklar
  • Laym kasalligi, kana entsefaliti – kana chaqishi orqali yuqadigan infektsiyalar
  • Bezgak

Mushak ogʻriqlarini keltirib chiqaradigan boshqa holatlar:3

  • Surunkali toliqish sindromi – bu holat olti oydan kam boʻlmagan muddat davom etadigan oʻta toliqish orqali ifodalanadi. Toliqish jismoniy va aqliy zoʻriqishlar holatida yanada kuchayadi.8
  • Fibromialgiya – skelet-mushak ogʻriqlari bilan tavsiflanadigan kasallik boʻlib, toliqish uyquning va xotiraning buzilishi bilan birga kechadi.9
  • Gipotireoz – qalqonsimon bezning sust faoliyati
  • Stress

Mushak ogʻriqlarining oʻziga xos jihatlari qanday?

mushak ogʻriqlari yengildan tortib ogʻirgacha turli darajada koʻrinish berishi mumkin. Koʻplab mushak ogʻriqlari vaqt oʻtishi bilan oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi, ammo baʻzan oylab davom etishi ham mumkin.1

Mushak ogʻriqlari shuningdek boʻgʻimlardagi ogʻriqlar, mushak ichki tomir tortishlari yoki mushak burishishi bilan birga kechishi mumkin.4

Shifokorga qachon murojaat qilgan maʻqul?

Mushak ogʻriqlari quyida keltirilgan tarzda kechsa darhol shifokorga murojaat qiling:10

  • nafas olish muammolari yoki bosh aylanishi ;
  • mushaklarning oʻta boʻshashib ketishi;
  • tana harorati koʻtarilishi va boʻyin mushaklarining qotib qolishi.

Quyidagi bezovtaliklar mavjud boʻlsa shifokor qabuliga yozilib qoʻying:10

  • mushaklardagi, ayniqsa boldir mushaklarida jismoniy zoʻriqish paytida ogʻriq paydo boʻlib, tinchlangach tarqab ketadigan ogʻriq holatida
  • infektsiya alomatlari boʻlsa, jumladan, ogʻriqli mushak atrofi qizargan va salqigan boʻlsa;
  • mushaklardagi ogʻriqlar mustaqil davolash muolajalaridan keyin toʻxtamasa;
  • kana chaqishi yoki kana chaqqanligi ehtimoli holatida.

Mushakdagi ogʻriqlardan qanday xalos boʻlish mumkin?

Agar mushaklar ogʻrigʻi holatida, ogʻriq qoldiruvchi vositalar isteʻmol qilish zarur boʻlsa, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV) guruhiga kiruvchi dorilar, masalan ibuprofen qoʻllash mumkin.4

Ibuprofen – NYAQV sinfiga mansub eng taniqli vosita boʻlib, klinik amaliyotda 50 yildan ortiq vaqtdan beri qoʻllanilmoqda.11

Brufen® guruhi tarkibida turli dozalarda va shakllarda ibuprofen mavjud boʻlib, ogʻriqqa qarshi oʻzingizning shaxsiy tanlovingizni amalga oshirish imkonini beradi.

Keyingi tashhislash va davolashni tayinlash uchun sizga shifokorga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

 

UZN2257611
Manbalar:
  1. Muscle pain – Mayo Clinic Muscle pain – Mayo Clinic Last access 21.05.2021
  2. Mense S. Muscle pain: mechanisms and clinical significance. Dtsch Arztebl Int. 2008; 105(12): 214– doi:10.3238/artzebl.2008.0214
  3. Muscle pain Causes – Mayo ClinicMuscle pain Causes – Mayo Clinic Last access 21.05.2021
  4. Muscle Pain: Causes, Symptoms, Treatment, Prevention (clevelandclinic.org)Muscle Pain: Causes, Symptoms, Treatment, Prevention (clevelandclinic.org) Last access 21.05.2021
  5. Myositis (polymyositis and dermatomyositis) – NHS – NHS (www.nhs.uk)Myositis (polymyositis and dermatomyositis) – NHS – NHS (www.nhs.uk) Last access 21.05.2021
  6. What Is Lupus? | Lupus Foundation of AmericaWhat Is Lupus? | Lupus Foundation of America Last access 21.05.2021
  7. Myofascial pain syndrome – Symptoms and causes – Mayo Clinic Myofascial pain syndrome – Symptoms and causes – Mayo Clinic Last access 21.05.2021
  8. Chronic fatigue syndrome – Symptoms and causes –Mayo ClinicChronic fatigue syndrome – Symptoms and causes – Mayo Clinic Last access 21.05.2021
  9. Fibromyalgia – Symptoms and causes – Mayo ClinicFibromyalgia – Symptoms and causes – Mayo Clinic Last access 21.05.2021
  10. Muscle pain When to see a doctor – Mayo ClinicMuscle pain When to see a doctor – Mayo Clinic Last access 21.05.2021
  11. Морозова Т.Е., Рыкова С.М. Ибупрофен в практике врача-терапевта: возможности в купировании болевых синдромов. Лечащий врач.2013; 1: 75–79.