BEL OGʻRIGʻI

Bel ogʻrigʻi koʻpincha orqa biqindagi ogʻriq (sinonimi –  lyumbalgiya) tarzida keng tarqalgan.1 Bu kasallik shifkorga eng koʻp murojaat qilinadigan kasalliklardan biridir.2 Hayoti davomida bel ogʻrigʻi aholining 60–90% qismida vujudga keladi.3

Ogʻriq nima sababli paydo boʻladi?

Koʻpincha bel ogʻrigʻi sababini aniqlash qiyin. Ogʻriq baʻzan jarohat sababli, masalan mushaklar va paylarning choʻzilishi natijasida paydo boʻlishi mumkin, ammo asosan aniq ifodalanmagan sabablar vujudga keltiradi. Kamdan-kam holatlarda bel ogʻrigʻi jiddiy patalogiya sababli paydo boʻlishi mumkin.4

Bel ogʻrigʻining ehtimol tutilgan sabablari:4

  • Churra tushishi yoki umurtqa pogʻonasi halqasining yalligʻlanishi va/yoki yondosh nerv tolasiga bosim oʻtkazishi
  • Ishias – beldan boshlanib, quyi tomonga toki oyoqlarning kaftigacha choʻzilgan nervning taʻsirlanishi
  • Spondilolistez – umurtqa pogʻonalarining bir biriga nisbatan surilishi

Ushbu holatlarda ogʻriqdan tashqari, et uvishish, boʻshashi yoki oyoq sanchigʻi kabi  qoʻshimcha simptomlar ham paydo boʻladi.4

Xatarli omillar

Bel ogʻrigʻi har kimda ham paydo boʻlishi mumkin, ammo ushbu patalogiya rivojlanishini keltirib chiqaradigan ayrim omillar alohida koʻrsatib oʻtiladi:2

  • Bel ogʻrigʻi koʻpincha 30-40 yoshdan keyin paydo boʻladi
  • Jismoniy faollik yetishmasligi. Beldagi mushaklarning zaifligi bel ogʻrigʻini keltirib chiqarishi mumkin
  • Ortiqcha vazn. Tananing ortiqcha vazni umurtqaga qoʻshimcha yuklanish vujudga keltiradi
  • Ogʻir yukni notoʻgʻri koʻtarish. Oyoq oʻrniga belning koʻproq zoʻriqishi natijasida ogʻriq paydo boʻlishi mumkin
  • Ruhiy holat. Depressiyaga va xavotirlanishga moyil odamlarda bel ogʻrigʻi vujudga kelish ehtimoli ham koʻproq

Bel ogʻrigʻining oʻziga xos belgilari

Bel ogʻrigʻi boʻgʻiq va uzoq choʻziladigan holatdan oʻtkir, qizdiruvchi sanchiqqacha boʻlgan oraliqda boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, ogʻriq beldan oyoq uchlariga qarab yoʻnalishi yoki bukkanda, yurganda yoki zinadan koʻtarilganda kuchayishi mumkin.2

Ogʻriq paydo boʻlishining oldini qanday olish mumkin?1

  • Bel mushaklarini mustahkamlaydigan mashqlarni muntazam bajarib yuring
  • Majburiy uzoq muddatli bir hil holatda (oʻtirish, turish, engashish va h.k.) boʻlishdan saqlaning
  • Ogʻir yuk koʻtarganda ehtiyot boʻling
  • Kompyuterda, planshetda ishlayotganda yoki televizor koʻrayotganda qomatingiz holatini nazorat qiling
  • Tana vaznini nazoratda ushlang

 

Qachon shifokorga murojaat qilish mumkin?

Bel ogʻrigʻi bir necha hafta yoki oy ichida oʻz-oʻzidan oʻtib ketishi mumkin. Ammo ogʻriq quyida keltirilgan tarzda kechsa, shifokorga murojaat etish zarur:1,2

  • bir necha hafta davomida ogʻriq kamaymasa;
  • kundalik ishlarni qilishga xalal bersa;
  • ogʻriq kuchli boʻlsa yoki vaqt oʻtishi bilan kuchayayotgan boʻlsa;
  • dam olishdan keyin kamaymasa;
  • darmonsizlik, et uvishishi yoki bir oyoqda yoki ikkalasida ham sanchiq hosil boʻlayotgan boʻlsa.

Bel ogʻrigʻidan xalos boʻlishga nima yordam berishi mumkin?

Bel ogʻrigʻida ogʻriqni qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi  samarali vosita sifatida nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalardan (NYAQV), masalan ibuprofen qoʻllash mumkin.5

Ibuprofen – NYAQV sinfiga mansub taniqli vositalardan boʻlib, 50 yildan ortiq vaqtdan beri klinik tajribada muvaffaqiyatli qoʻllanib kelmoqda.6 Brufen® – dunyodagi birinchi ibuprofen boʻlib, ogʻriq va yalligʻlanishdan qutulishga va odatiy hayotga tezda qaytishga yordam beradi.7,8

 

 

Keyingi tashhislarni oʻtkazish va davolashni tayinlash uchun shifokorga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

 

 

UZN2257611
Manbalar
  1. Back pain – NHS (www.nhs.uk) Back pain – NHS (www.nhs.uk) Last access 21.05.2021
  2. Back pain – Symptoms and causes – Mayo Clinic Back pain – Symptoms and causes – Mayo Clinic Last access 21.05.2021
  3. Левин О.С. Как предупредить хронизацию боли в спине: роль хондропротекторов. Consilium Medicum.2015; 17(2): 75–78.
  4. Back pain – Causes – NHS (www.nhs.uk) Back pain – Causes – NHS (www.nhs.uk) Last access 21.05.2021
  5. Back pain – Treatment – NHS (www.nhs.uk) Back pain – Treatment – NHS (www.nhs.uk)
  6. Морозова Т.Е., Рыкова С.М. Ибупрофен в практике врача-терапевта: возможности в купировании болевых синдромов. Лечащий врач.2013; 1: 75–79.
  7. A brief history of Ibuprofen. Last access – 06/07/2021. https://pharmaceutical-journal.com/article/infographics/a-brief-history-of-ibuprofen
  8. BRUFEN® RAPID 400mg va 200mg yumshoq kapsulalar preparatni tibbiy qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma DV/X 07844/05/20, 2025-yil 18-maygacha amal qiladi.