REVMATOID ARTRIT

Revmatoid artrit nima?

Revmatoid artrit (RA) – boʻgʻimlarning surunkali yalligʻlanishi boʻlib, bunda boshqa organlar va tizimlar ham shikastlangan boʻlishi mumkin.1

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining (JSST) maʻlumotga koʻra, RA turli mamlakatlarda turlicha  koʻrsatkich bilan aholining 1% qismida uchraydi. RA bilan kasallanganlarning qariyb 75% ayollardir. Koʻpgina holatlarda uning simptomlari 20 yoshdan 40 yoshgacha davrda paydo boʻladi. Boʻgʻimlardagi ogʻriq va deformatsiya sababli nogironlik rivojlana boshlashi mumkin.2,3

 

Nima sababdan paydo boʻladi?

Revmatoid artritning vujudga kelishining aniq sababi hanuzgacha aniqlanmagan. Kasallik rivojlanishini esa organizmdagi autoimmun jarayonlar bilan bogʻliq.

Yodda tutish kerakki, immun tizimimizning bosh vazifasi organizmni yot jinsli agentlardan (bakteriyalar va viruslar) himoya qilishdir. Autoimmun buzilishi natijasida u adashib sogʻlom hujayralarga hujum uyushtiradi va shu orqali yalligʻlanish avj olishini keltirib chiqaradi. RA holatida ham boʻgʻimlarda ana shunday jarayon ogʻriqlar va shish koʻrinishida kechayotgan boʻladi. Agar yalligʻlanish uzoq vaqt saqlanib qolsa, boʻgʻimlarning shikastlanishini keltirib chiqarishi mumkin. 3

 

Kasallikning koʻrinishlari qanday?

Revmatoid artritning asosiy koʻrinishi – qoʻl va oyoqlarning mayda boʻgʻimlarining shikastlanishidir. Bemor quyidagicha shikoyat qiladi3:

  • Ogʻriq
  • Tong vaqtida boʻgʻimlar qotib qolishi
  • Shish
  • Deformatsiya

 

RA ning boshqa artritlardan ajratib turadigan jihati tong vaqtida uzoq vaqtgacha boʻgʻimlarning qotib qolishi hisoblanadi. Ushbu simptom bir soatdan ikki soatgacha, ayrim holatlarda esa – butun kun davomida davom etishi mumkin. 3

 

RA ning boshqa alomatlari va simptomlari 3:

  • Lanjlik
  • Tana haroratining past boʻlishi
  • Ishtaha yoʻqolishi
  • Koʻz va ogʻizning qurushi (Shegren sindromi)
  • Revmatoid tugunchalarning – boʻgʻimga yaqin joydagi teri ostida tigʻiz hosilalarning paydo boʻlishi

 

Shifokorga qachon murojaat qilish zarur?

Keyingi tashhislarga aniqlik kiritish uchun quyidagi holatlarda shifokorga murojaat etish tavsiya qilinadi:4

  • Bittagina boʻgʻimda boʻlsa ham, shish alomati mavjud va uni boshqa kasallik bilan izohlash mumkin emas
  • Uxlab turgandan keyin panja boʻgʻimlari qotib qolishi

 

RA rivojlanishining oldini olish mumiknmi?

Quyidagi tavsiyalarga amal qilsangiz, uning rivojlanish xatarini pasaytirishingiz mumkin:5

  • Chekishdan va alkogol ichimliklardan voz keching
  • Kaltsiy va D vitaminiga boy ozuqalarni isteʻmol qilish orqali suyak massasining yoʻqotilishini minimallashtiring
  • Tana vaznini meʻyorida ushlab turing
  • Muntazam sport bilan shugʻullaning, mushaklaringizni va paylaringizni hamisha faol boʻlishiga erishing

 

RA holatida ogʻriqni qayday qilib kamaytirish mumkin?

RA ga chalniganlarga boʻgʻimlardagi ogʻriqlarni ketkazish uchun ogʻriq qoldiruvchi vositalar tavsiya etiladi. Eng koʻp qoʻllanadigan dorilar guruhi – nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV), xususan ibuprofen qoʻllanadi.6

Ibuprofen – NYAQV orasida eng tanilgan vositalardan biri boʻlib, klinik amaliyotda, shu jumladan, tayanch-harakat apparatining turli kasalliklarini davolashda 50 yildan ortiq vaqt davomida qoʻllanib kelinmoqda.7

Brufen® – butunjahonda taniqli brend boʻlib, uning tarkibida ibuprofen mavjud. Bozorda turli shakllarda va dozalarda taqdim etiladi, bu esa oʻz shifokoringiz bilan bamaslahat oʻzingiz uchun ogʻriqqa qarshi kurashda shaxsan maqbul yechimni topishingizga imkon yaratadi.

 

Keyingi tashhislash va davolashni tayinlash uchun shifokorga murojaat etish tavsiya qilinadi.

 

 

UZN2257611
Manbalar:
  1. Chauhan K., Jandu J.S., Goyal A., et al. Rheumatoid Arthritis. [Updated 2020 Nov 5]. In: StatPearls [Internet]. Treasure Island (FL): StatPearls Publishing; 2021 Jan. Available from: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK441999/
  2. Chronic diseases and health promotion https://www.who.int/chp/topics/rheumatic/en/ Last access 13.04.21
  3. Rheumatoid Arthritis https://www.rheumatology.org/I-Am-A/Patient-Caregiver/Diseases-Conditions/Rheumatoid-Arthritis Last access 23.04.21
  4. Wasserman A.M. Diagnosis and management of rheumatoid arthritis. Am Fam Physician. 2011 Dec 1; 84(11): 1245-52. PMID: 22150658.
  5. Preventing Rheumatoid Arthritis https://www.verywellhealth.com/preventing-rheumatoid-arthritis-5096031 Last access 27.04.21
  6. Rheumatoid arthritis https://www.mayoclinic.org/diseases-conditions/rheumatoid-arthritis/diagnosis-treatment/drc-20353653 Last access 27.04.21
  7. Морозова Т.Е., Рыкова С.М. Ибупрофен в практике врача-терапевта: возможности в купировании болевых синдромов. – Лечащий врач. – 2013. – № 1.