Tish ogʻrigʻi eng yoqimsiz va chidash qiyin hisoblangan dardlardan biri hisoblanadi. Bu ogʻriq mutlaqo nomaqbul joyda va nomaqbul vaqtda xuruj qilib qolishi mumkin. Ogʻiz boʻshligʻidagi ogʻriqli sanchiqlar patologik jarayon kechayotganligidan darak beradi.1
Tish ogʻrigʻi sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:2
- Chuqur karies
- Tish abstsessi
- Darz ketgan yoki shikastlangan tish mavjudligi
- Zichlab yotqizilmagan yoki siniq plomba mavjudligi
- Infektsiya
Birinchi navbatda nima qilish zarur?
Quyidagi holatlarda stomatologga murojaat qilig:2
- Tishda qattiq ogʻriq paydo boʻlganda
- Tish ogʻrigʻi tana haroratining koʻtarilishi, milklarning qizarishi, ogʻizda noxush taʻm paydo boʻlishi, yonoqlarning yoki jagʻning shishishi bilan kechayotgan boʻlsa
Stomatolog huzuriga borguncha bosh vazifa – ahvolni yaxshilash va noxushlikni kamaytirish.
Tish ogʻrigʻini qanday yengillatish mumkin?2
Namakob bilan chayish | |
Yumshoq taomlar isteʻmol qilish. Ogʻrigan tish bilan chaynamaslik | |
Shirin, juda issiq va juda sovuq ozuqalar isteʻmol qilmang | |
Chekmang — bu muammoni kuchaytirib yuborishi mumkin |
Qanday preparatlardan foydalanish mumkin?
Stomatolog huzuriga tashrif buyurishdan oldin birinchi navbatda tish ogʻrigʻiga davo boʻladigan dori qabul qilib, ogʻriqni kamaytirishga harakat qilish zarur. Tish ogʻrigʻini bartaraf etish uchun koʻpincha nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV), masalan ibuprofen qoʻllaniladi.1,2
Ibuprofen BRUFEN® RAPID preparatining taʻsir koʻrsatuvchi moddasi boʻlib, ogʻriq qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega, bu esa malakali yordam olgunga qadar tish ogʻrigʻini samarali kamaytirish imkonini yaratadi. 3
Yumshoq kapsulalar shaklida ishlab chiqarilgani sababli BRUFEN® RAPID oʻqʻriq qoldiruvchi taʻsiri 15-chi daqiqadan boshlanadi. BRUFEN® RAPID qabul qilinganidan keyin 8 soat davomida qonda aniqlanadi va oʻgʻriq qoldiruvchi taʻsir koʻrsatadi. 3,4
BRUFEN® RAPID tish ogʻrigʻi intensivligini pasaytiradi.